Yurak va qon tomir kasalliklari

Yurak va qon tomir kasalliklari

Salom do’stlar, oldingi maqolalarimizda salomatlik, ertalabki va kechki mashqlar hamda sog’lik haqida gaplashdik, bugungi mavzumiz, Yurak va qon tomir kasalliklari, yurak xuruji, yurak urish ritmi, yurak siqilishi va insult qanqay kasallik haqida bo’ladi.

Yurak urish ritmi

Yurakning pastki qismi o’rta chiziqdan sal chaproqda joylashgani sababli uni ko’krak qafasining chap qismidan eshitgan afzal. Biroq yurakning asosiy qismi ko’krak qafasining markazida joylashgan.

Yurakning chap tarafda joylashgani haqidagi mif juda qadimdan mavjud. Uning noto’g’riligi har vaqt isbot qilinsa-da, afsona hali hamon ishlab turmoqda. Turmushda saqlanib kelgan chap yonboshi bilan yotish yaxshi emasligi haqidagi fikr cho’pchakdir.

Sog’lom yurakda puls deb nomlanuvchi tomirning muntazam urib turuvchi ritmi bor. U asosiy arteriyalarning biri teriga yaqin bo’lgan joyida, ya’ni bilak orqali o’lchanadi. Katta yoshdagi odamning normal pilsi daqiqasiga 72 tani tashkil etadi. Har bir zarbadan so’ng yurak dam oladi. Agar inson 40 yil yashagan bo’lsa, uning yuragi shu 40 yil ichida o’rta hisobda 8 yil dam olgan bo’ladi.

Agar odamning yuragi sog’lom bo’lsa, qon yaxshi aylanadi. Demak, boshdan to barmoqlarning uchigacha bo’lgan tananing barcha qismi qon bilan yaxshi ta’minlanadi. Bu esa qo’l va oyoqlar doimo iliq bo’lishi va ularning harorati havo o’zgarishiga bog’liq bo’lmasligini bildiradi.

Sayr va jismoniy faollikning boshqa turlari qon aylanishini yaxshilaydi va qon tomirlari, ayniqsa, arteriyaning bekilib qolishining oldini olishga yordam bergadi. Agar inson oziqlanishda to’yingan (qattiq) yog’larni to’yinmaganiga alishtirsa, masalan, o’simlik yog’i, bu ham qon tomirlari xolesterin bilan ifloslanishining oldini oladi.

Yurak va qon tomir kasalliklari

Yurak xuruji, yurak va qon tomir kasalliklari

Sog’lom yurak – bu unumlilik va komillik namunasidir. Biroq agar inson noto’g’ri ovqatlansa va doimiy jismoniy mashg’ulotlar bilan shug’ullanmasa, qon tomirlari devorlarida xolesterin deb nomlanuvchi mum kabi chiqindilar paydo bo’ladi. Bu chiqindilar qon tomirlari devorlariga zarar yetkazadi va chandiqlar vujudga keladi. Bu esa undan-da ko’proq miqdordagi xolesterin va mineral moddalar o’rnashib qolishiga olib keladi. Bu hodisa ateroskleroz deb ataladi.

Demak, yurak xuruji arteriyalardagi xolesterin quyqasining yig’ilib qolishi natijasida vujudga keladi.

Qon tomirlari devorlari harakatlanib turgan qon oqimini o’tkazib turish uchun egiluvchan va qayishqoq bo’lishlari o’rniga qattiq va mo’rt bo’lib qoladi. Yig’ilib qolgan chiqindilar qon o’tayotgan kanalni toraytirib qo’yadi, natijada qon aylanish tezligi susayadi.

Agar qon tomirlari devorlariga o’rnashib qolgan chiqindilar tomirni batamom bekitib qo’yuvchi tromb hosil qilsalar, qonning o’tishi mutlaqo to’xtab qolishi ham mumkin.

Qachonki, qaysidir bir arteriyada tromb hosil bo’lsa, yurak tomirlari trombozi yoki yurak tomirlari bekilib qolishi deb ataluvchi vaziyat vujudga keladi. Yurakning qon, binobarin oziq va kislorod boradigan qismi ham harakatdan to’xtaydi. Bu jarayonlar yurak xurujining asosidir. Bunday baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun butun hayot davomida doimiy faoliyatda bo’lish kerak.

Qilish kerak bo’lgan ishlardan eng zaruri – arteriyalarni tozalashdir. Sog’lom inson arteriyasining ichki tarafi u orqali qon yaxshi o’tishi uchun silliq va bukiluvchan bo’lishi kerak. Bu haqda keyingi mavzuda so’z yuritamiz.

Yurak va qon tomir kasalliklari

Stenokardiya (yurak siqilishi kasalligi)

Arteriyalardan biri vaqtinchalik kisloroddan mahrum bo’lgan paytda spazma hosil bo’ladi. Mana shu holat stenokardiya (yurak siqilish kasalligi) deb yuritiladi. U ko’krakdagi kuchli og’riq ko’rinishida ifodalanadi. Baxtimizga bu spazmalar juda qisqa vaqt, odatda, bir necha soniya, ba’zida uch-besh daqiqa va kamdan-kam paytlarda 15-20 daqiqadan ko’proq bo’lib o’tadi.

Biroq yurak siqilishi 30 daqiqadan ko’proq davom etsa, bu narsa jiddiyligini va yurak tomiri siqilishi kasalligini gumon qilsa bo’ladi.

Insult nima

Qon quyqasi muyaning qaysidir bir qismiga qon borishini to’sib qo’ygan chog’da apopleksik zarba yoki insult deb ataluvchi vaziyat vujudga keladi. Tananing bu miya uchastkasi orqali nazorat qilinayotgan qismi ishdan chiqadi.

Aytilgan gapdan shu narsa ko’rinib turibdiki, “Insonning yoshi uning arteriyalariga bog’liq”, degan da’vo yetarlicha asosli va uni e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak.

Pol Breegg “Yurak” nomli kitobidan.

Rating
( No ratings yet )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: