Ichak kasalliklarini davolash yo’llari va ishlatiladigan malhamlar

Ichak kasalliklarini davolash

Salom do’ctlar, oldingi maqolalarimizda yo’talni davolash, hiqichoqni davolash hamda qizilo’ngachdagi yaralarni davolash yo’llari haqida gaplashdik. Bugungi mavzu ichak kasalliklarini davolash usullari va davolanish uchun uy sharoitida tayyorlanadigan malhamlar haqida bo’ladi.

Ichak og’rig’iga, qamalib yotgan yel (dam), sho’r narsalar, quyuq yopishqoq chiqindilar, yara, shish, gijjalar sabab bo’ladi. Ichak og’rig’i kuchaysa, qulanjga aylanadi. Agar ichak og’rig’i qusish, hiqichoq va alahsirashga aylansa, bu hol bemor uchun xavfli.

Ichak kasalligining qanday belgilari bor

Yel (dam) dan bo’ladigan ichak og’rig’idan qorin quldirashi va ko’pchishi, qorin tortilishi bo’lib, og’irlik bo’lmaydi va yel (havo) chiqishi bilan og’riq to’xtaydi.

O’t xiltidan bo’ladigan ichak og’rig’iga qorinning ozgina og’irligi, achishib kuyishi, tashnalik va o’t xiltini axlatga qo’shilib chiqishi sabab bo’ladi. Bu xil ichak og’rig’i, qulanjga o’xshash, biroq u xavfliroq bo’ladi.

Buroqli xiltdan bo’ladigan ichak og’rig’iga, achishish, ortiqcha og’irlik va axlatga shilliq qo’shilib chiqishi belgi bo’la oladi.

Quyuq yopishqoq xiltdan bo’ladigan ichak og’rig’iga, og’riqni doimo bir joyda bo’lishi va shu xiltlarning axlatga qo’shilib chiqishi sabab bo’ladi.

Yaralardan bo’ladigan ichak og’rig’iga esa, ichaklar yallig’langanligi, qorinda dam borligidan dalolat beradi. Ko’payib ketgan moddadan bo’lgan har bir ichak og’rig’ida kasalni qustirish, keyin ichini surdirish kerak bo’ladi.

Ichak kasalliklarini davolash usullari

  1. Yetmak talqonini yarim choy qoshiq kapalab, orqasidan qaynagan suv ichilsa, qayt qildiradi. (3 kun 1 mahal yarim choy qoshiqdan kapalash lozim).
  2. Makkai sano talqonini 5 kun 1 mahal 1 osh qoshiqdan kapalab, orqasidan qaynagan suv ichilsa, ichni yaxshi suradi.
  3. Zira, xotanak supurgi, ukrop bargi, gazandao’t, sariq yo’ng’ichqa va petrushka urug’laridan teng baravar olib, bir sutka ivitib, ertasi 30 minut qaynatib, 15 kun 3 mahal 2 osh qoshiqdan ichish tavsiya etiladi.
  4. Aloe suviga teng baravar asal qo’shib, 12 kun och holda 3 mahal 2 osh qoshiqdan ichilsa, Ichak, ichakdagi har xil yaralar va yellar daf bo’ladi.
  5. Uzum sirkasini 12 kun 3 mahal och holda 1 choy qoshiqdan ichilsa, foyda qiladi.
  6. Gulsapsar ildizining 300 grammini 4 litr yomg’ir yoki buloq suvida ivitib, ertasi 1 soat ustini yopib qaynatib,15 kun 3 mahal och holda 2 osh qoshiqdan ichilsa, ichaklar o’ralib qolsa, ichak og’riqlarini tuzatadi.
  7. 12 kun 3 mahal qari xo’roz go’shtining sho’rvasi ichiladi.
  8. 12 kun 3 mahal kepakli non yeb, orqasidan uzum sirkasidan 1 choy qoshiqdan ichilsa, yaxshi foyda qiladi.
  9. Ovqatdan oldin yengil badantarbiya qilish kerak.
  10. Unga indov talqoni, mayiz qo’shib tayyorlangan kulchalar pishirib, 15 kun 3 mahal yesa, foyda qiladi.
  11. Emadigan qo’zichoq, tovuq va semiz jo’ja go’shti kabi yaxshi mazali va yog’liq ovqatlar iste’mol qilinadi Ovqatning sifatini yaxshilash bilan birga kam miqdorda iste’mol qilish tavsiya etiladi.
  12. Tuzalguncha bemorning ovqati , yasmiq, tatish, ismaloq, zirk mevasi va shunga o’xshashlar bilan tayyorlangan suyuq ovqatlardan iborat bo’ladi,
  13. Bo’tako’z bargini 15 kun 3 mahal choynakka yarim siqim tashlab 10 minut damlanadi. Choy qilib ichilsa, qon ketish, ichak og’rig’i va qorin yeliga yaxshi foyda qiladi.

Hoji Mengnazar Ructam o’g’lining «Dard borki.darmon bor» kitobidan.

Rating
( 1 assessment, average 5 from 5 )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: